Istomin endi kimga qarshi o‘ynaydi?

  • 19 yanvar, 2017, 14:42
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
 
Avstraliya ochiq chempionatida Denis Istominning amaldagi chempion Novak Jokovich ustidan qozongan g‘alabasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik Denisning ajoyib g‘alabasidan ilhomlanib ketdi.
Novak Jokovich faoliyatida ilk bor "Katta dubulg‘a" turkumidagi turnirda jahon reytingida kuchli 100 da bo‘lmagan tennischiga imkoniyatni boy berdi.
Denis Istomin esa bu g‘alabani uzoq nishonlay olmaydi. Chunki u uchinchi davra uchrashuviga tayyorlanishi lozim. Avstraliya ochiq chempionatining keyingi bosqichida o‘zbekistonlik tennischi kimga qarshi kortga chiqadi?
Hamyurtimizning keyingi raqibi o‘ttizinchi raqamda saralangan ispaniyalik Pablo Karreno-Busta va britaniyalik Kayl Edmund bahsida aniqlandi. Bu bahsda ispan tennischisi raqibi ustidan osonlikcha 6:2, 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Shunday qilib, Denis Istomin va Pablo Karreno-Busta uchrashuvi 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!