Italiya jamoasi KXDRdan superfutbolchi olib keldi
Italiya “A” seriyasida ishtirok etayotgan “Kalyari” jamoasi tarixiy ishga qo‘l urdi. Bu klub jahon miqyosida yopiq hisoblangan KXDR mamlakatida tarbiyalangan futbolchi bilan professional shartnoma imzoladi.
18 yoshli Xan Kvan Son “Kalyari” safiga qo‘shilgan birinchi KXDR vakili bo‘lib bilan birga umuman bu jamoaga taklif etilgan ilk osiyolik futbolchiga aylandi.
- KXDR futbolchisi ikki oyoqda ham zo‘r o‘ynaydi, - deb bayonot berdi klub rasmiy sayti. – Shuningdek, hujumchi yaxshi dribling va maydonni ko‘ra olish qobiliyatiga ega.
Xan Kvan Son “Kalyari”ga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Fikrlar