Jahon chempionati: Yarim finalda Rossiya va AQSh to‘qnashuvi bo‘ladi

  • 3 yanvar, 2017, 12:55
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO
 
Kanadada xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida pley-off o‘yinlari davom etmoqda.
 
Musobaqaning "V" guruhida uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan Rossiya yoshlar terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan bellashuvda "A" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Daniya xokkeychilari bilan kuch sinashdi.
 
Uchrashuvda Rossiya terma jamoasi Kirill Kaprizovning ikkita, Aleksandr Polunin va Pavel Karnauxov bittadan goli evaziga 4:0 hisobida zafar quchdi.
 
Rossiyaliklarning yarim finaldagi raqibi "V" guruhi g‘olibi - AQSh va "A" guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallagan Shveytsariya terma jamoalari bahsida aniqlandi. Jahon chempionatida ketma-ket beshinchi g‘alabasini nishonlagan amerikaliklar yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. AQSh xokkeychilari shveytsariyaliklarni 3:2 hisobida engdi.
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!