
Jahon kubogi. Marten Furkad kuchli uchlikka kirolmadi
Germaniyaning Oberxof shahrida o‘tkazilayotgan biatlon bo‘yicha Jahon kubogi 6-bosqichining erkaklar bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
10 kilometr masofaga sprint yo‘nalishida o‘tkazilgan bahslarda avstriya vakili Julian Eberxard 27:26.8 vaqt bilan Chexiya vakili Mixal Shlezingrni 11 soniyaga ortda qoldirgan holda, marrani birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Shuningdek, ushbu bellashuvda kuchli uchlikni Dominik Vindish italiyalik Dominik Vindish yakunlab berdi.
Qayd etish joiz, umumiy reytingda hamon frantsiyalik Marten Furkat 502 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Ushbu bosqichda esa 28 yoshli sportchi 28:18.1 bilan marraga 8 o‘rinda etib keldi.
Ma’lumot o‘rnida, Julian Eberxard ayni paytda 240 ochkoni jamg‘argan holda, 9 o‘rinni egallab turibdi.
Biatlon bo‘yicha Jahon kubogining to‘liq taqvimi e’lon qilindi
Fikrlar