Jahonning eng zo‘r bokschisi revansh jangida kaltak edi

  • 30 январь, 2017, 20:45
  • 0
  • Бокс
 

Boks olamining nufuzli nashri "The Ring Magazine" jurnali tomonidan 2016 yilning eng yaxshi professional bokschisi nomini olgan yarim engil vaznida WBA (Super) chempionlik kamari sohibi Karl Frempton muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlamadi.

Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan biritaniyalik charm qo‘lqop ustasi o‘tgan mavsumda ikkita muhim jang o‘tkazgandi. Dastlab, Frempton birinchi yarim engil vaznda IBF yo‘nalishi chempioni bo‘lgan Karl fevral oyida WBA chempioni, britaniyalik Skott Kuiggni mag‘lub etib, uning kamarini tortib oldi. Keyin vaznini oshirib, yarim engil vaznda meksikalik engilmas bokschi Leo Santa Krusni mag‘lubiyatga uchratib, unga tegishli bo‘lgan WBA (Super) chempionlik kamariga ham ega cheqdi.

Karl Frempton 2017 yildagi birinchi jangini yana meksikalik Leo Santa Krusga qarshi o‘tkazdi. Revansh jangida meksikalik bokschi aqlli taktikasi tufayli uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Leo Santa Krus uchrashuvning birinchi qismida raqibining hujum qilishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Lekin borgan sari tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirgan meksikalik bokschi 12 raundlik jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Revansh jangidagi g‘alaba tufayli Leo Santa Krus o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Super chempionlik kamarini qaytarib oldi.

SPORTS.uz

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!