
Jang san’atlari va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari rasmiy timsoli e’lon qilindi
Xabaringiz bor, 2017 yilning sentyabr oyida Turkmaniston poytaxti Ashxobot shahri jang san’atlari va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Yaqinda ushbu musobaqaning timsoli omma e’tiboriga ma’lum qilindi. Osiyo Olimpiya kengashining ma’lumot tarqatishicha, Ashxobot- 2017 vaqtida musobaqa timsoli sifatida turkman milliy it zotlaridan biri bo‘lgan Alabay tanishtirildi. Bunga asosiy sabab esa u quvnoq, musobaqa xabarini tarqatadigan va butun xalqni Turkmanistonga chorlashi bilan ajralib turadi.
Qayd etish joiz, ushbu musobaqada sportchilar o‘zaro 21 sport turida bellashadi. Shuningdek, tarixda birinchi marta Osiyo va Okeaniya milliy Olimpiya qo‘mitalari birlashgan holda, bahslarda ishtirok etadi.
Xususan, Osiyo sharafini 62 mamlakat himoya qilsa, Okeaniya mintaqasidan 45 mamlakat ishtirok etadi.
Fikrlar