Jarohatlarga boy final: Saloh va Karvaxal maydonni ko‘z yoshlar bilan tark etdi (FOTO)

  • 27 may, 2018, 00:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Evropa Chempionlar Ligasi finalida Madridning "Real" va "Liverpul" klublari o‘zaro bahs olib borishmoqda

Uchrashuvning 28-daqiqasida "Real" sardori Serxio Ramos to‘p uchun kurashda mersisaydliklar etakchisi Muhammad Saloh bilan to‘qnashib ketdi. Natijada misrlik futbolchi elkasini shikastladi.

Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo 30-daqiqada Saloh o‘yinni davom ettira olmasligini tushundi va u maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Saloh ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. 

Ko‘p o‘tmay, "Real" himoyachisi Dani Karvaxal oyog‘idan jarohat oldi va zaxiraga olindi. Dani ham ko‘z yoshlar bilan maydonni tark etdi. 

 

Suratlar manbasi: UEFA rasmiy sayti 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!