
Jasur Abduraimov: Barchasi uchun rahbariyat va futbolchilardan minnatdorman
"Obod" bilan bellashuvdan keyin "Paxtakor" murabbiyi Jasur Abduraimov o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.
Oliy liga. “Paxtakor” “Obod”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
"Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Jamoa futbol o‘ynashga intildi. Harakatlarimiz o‘xshadi va maqsadimizga erishdik. Safardagi o‘yinlarda doim g‘alaba uchun o‘ynadik. Qaerdadir omadimiz kelmadi, oddiy holatlarda to‘p o‘tkazib yubordik. Yigitlarga birga ishlagan paytimiz uchun rahmat aytaman. Biz qiyin vaziyatda munosib ishladik. Ular jamoaga borlarini berishga intilishdi.
Rahbariyatga ham ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zimni sinab ko‘rdim, nimalarni uddalay olishimni bilib oldim. Bu menga asqotadi. Futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortdi. Shu sababli o‘yinimiz ancha yaxshilandi.
"Paxtakor" hayotimda katta o‘rin tutgan. Menga ish taklif qilishsa, klubda qolishni muhokama qilamiz. Shunchaki yurib, maosh olishni xohlamayman. Men chinakamiga ishlashim lozim. Ter to‘kadigan ishda mehnat qilishga tayyorman", - deb aytib o‘tdi Abduraimov.
Fikrlar