Jasurbek Latipov terma jamoamizga oltinchi medalni olib keldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining qit’a birinchiligidagi zafarli yurishlari davom etadi.
52 kg vazn toifasida oltin medal uchun kurashni davom ettirgan hamyurtimiz Jasurbek Latipov finalda janubiy koreyalik In Kyu Kimga qarshi kurash olib bordi.
Bokschimizning tashabbusi ostida o‘tgan ushbu jang kutilganidek Jasurbek Latipovning g‘alabasi bilan yakunlandi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar