Jo Xart “Chelsi”da Kurtua o‘rnini egallashi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan darvozabon Tibo Kurtua o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.
Italiyalik mutaxassis ayni damda e’tiborini “Torino”da ijara asosida to‘p surayotgan va Angliyaga qaytishni xohlayotgan “Manchester Siti” posboni Jo Xartga qaratgan.Avvalroq Tibo Kurtuaga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Angliya terma jamoasi darvozaboniga shuningdek, “Liverpul” klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar