
KK-2017. Ravshan Ermatov Portugaliya - Chili bahsida ishlaydi
Xabaringiz bor shu kunlarda Rossiya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan hafta so‘nggida turnirning guruh bosqichi o‘z yakuniga etgan va yarim final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘lgan edi.
FIFA rasmiy saytining xabar berishicha, yarim finaldan o‘rin olgan Portugaliya va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
E’tiborlisi, uchrashuv videoassistentlari qatorida o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov ham bor. Hamyurtimizga shu kuni Abdula Alshalvai (Saudiya Arabistoni) va Jayr Marrufolar (AQSh) yordam berishadi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya – Chili o‘rtasidagi yarim final bahsi 28 iyun kuni Qozon shahridagi “Qozon Arena” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Fikrlar