Karatechilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda

CHERY AUTO

Ayni damda Qozog‘istonning Astana shahrida Kiokushinkay-kan karate bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda qit’amizning turli davlatlari hamda O‘zbekistondan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

Tecno

Erkaklar bahslarida Azamat Jambulov, Rasul Abdualiev, Sulton Kamolov, Sevinchbek Qarshiev, Jaloliddin Zoirov, Og‘abek Holiqulov himoya qilayotgan bo‘lsa, xotin-qizlar bellashuvlarida Shahnoza Azamatova, Durdona Eshonqulova, Nigora Abdurahmonova, Umida Dariyabaeva o‘z omadlarini sinab ko‘rishmoqda.

Terma jamoamizga Mutal Nazarov va Ilhom Nalchiboev murabbiylik qilayotgan bo‘lsa, turnirda Umid Ro‘ziev hakamlar brigadasidan o‘rin egallagan.

Musobaqaning final bahslari 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

karate 2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!