Karolin Garsiya mezbonlar vakilini hafa qildi

  • 16 yanvar, 2019, 10:36
  • 0
  • Tennis

Joriy yilgi tennis bo‘yicha sport musobaqalarining eng nufuzlilaridan biri bo‘lgan Avstraliya ochiq chempionatida ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.

Ushbu bosqichda frantsiyalik Karolin Garsiya mezbonlar vakili Zoui Xivsni har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Karolina Melburnda o‘tayotgan "Australian Open" turnirining uchinchi bosqichida amerikalik Daniel Kollinz va Sachiya Vikeri uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!