Kexill “Yuventus” va “Monako”dan bo‘lgan takliflarni rad etdi

  • 1 fevral, 2019, 18:01
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Gari Kexill joriy qishki transferlar davrida o‘ziga bildirilgan bir qator takliflarni rad etganini ma’lum bo‘ldi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “Chelsi” 33 yoshli futbolchining transferi masalasida “Fulxem” bilan kelishuvga erishgan edi. Biroq “Fulxem” futbolchi bilan kelishuvga erisha olmadi.

Bundan tashqari  Kexill “Yuventus” va “Monako” kabi klublar taklifini ham rad etgan. U “Chelsi”da qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kexill joriy mavsum APLda bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!