Klichko so‘nggi imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi

  • 2 февраль, 2017, 10:10
  • 0
  • Бокс
 

Ukrainalik professional bokschi Vladimir Klichko (64-4-0, 53KO) uch karra jahon chempioni bo‘lish uchun hayotidagi so‘nggi imkoniyatidan unumli foydalanishi zarurligini aytdi.

- Hammasi juda oddiy, - dedi Vladimir Klichko. - Oldimda ikki yo‘l bor. Birinchisi - uch karra jahon chempioni bo‘lish, ikkinchisi - shu maqsadni amalga oshirish. Bu mening so‘nggi imkoniyatim.

Vladimir Klichko shu yilning 29 aprel kuni IBF chempioni Entoni Joshua (18-0-0, 18KO) bilan Londonda chempionlik jangini o‘tkazadi. Sovringa WBA Super, IBF, IBO chempionlik kamarlari qo‘yilgan.

SPORTS.uz

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!