Klichko va Joshua Nyu-Yorkda uchrashdi (foto)

  • 1 февраль, 2017, 11:19
  • 0
  • Бокс


Super og‘ir vazn toifasning IBF kamari sohibi 27 yoshli britaniyalik Entoni Joshua 29 aprel kuni Londonda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Engilmas bokschining bu galgi raqibi ushbu vaznning sobiq jahon chempioni 40 yoshli ukrainalik Vladimir Klichko bo‘ladi. Hozirda ushbu jangni to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilish uchun 90 ming chipta o‘z egalarini topib bo‘lgan.

Kecha mazkur qarama-qarshilik oldidan Nyu-York bokschilar ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Ikki sportchi ham yaxshi kayfiyatda tashrif buyuurib, jurnalistlar bilan xazil qilishdi va bir-birlarini juda qattiq hurmat qilishlarni ta’kidlab o‘tishdi.

 

Vladimir Klichko Tayson Fyuriga boy berilgan chempionlik kamarlarini qaytarish uchun ringga qaytayotganligini aytib o‘tdi.

Wladimir Klitschko

– Hozir bu jangni o‘tkazib uchun ayni payt. Uch yildan so‘ng men keksayib qolaman. Joshua esa yanada kuchga to‘ladi va men uchun juda yaxshi bo‘ladi, – deydi Klichko.

O‘z navbatidagi Joshua tajribali Klichko bilan urushishga hali erta ekanligi va bu jangda o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishiga ishonchi komilligini ta’kidlagan.

Entoni Joshua

– Odamlar Vladimir Klichko bilan urushishimga hali juda erta ekanligini aytishmoqda. Ammo maqsadim oldingiday g‘alaba qozonish. Men o‘zimni vazifamni bajaraman, – deydi Entoni Joshua.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda bokschilar IBF va IBO jahon chempionligi va WBA superchempionligi uchun ringga chiqishadi.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!