Konfederatsiyalar Kubogi–2017 ga qur’a tashlandi. Rossiya Portugaliya bilan “A” guruhida

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha daqiqa avval Rossiyaning Qozon shahrida Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

JCh–2018 musobaqasidan bir yil avval o‘tkaziladigan ushbu turnirning guruh bosqichida qaysi jamoalar to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur turnirda Rossiya termasi mezbon sifatida, Germaniya esa amaldagi jahon chempioni sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, o‘z qit’asining chempionlari sifatida Chili, Meksika, Portugaliya, Avstraliya, Yangi Zelandiya tashrif buyuradi.

Afrika Millatlar Kubogining fevral oyida aniqlanadigan g‘olibi ular qatoriga qo‘shiladi.

Qur’a natijasiga ko‘ra quyidagi juftliklar hosil bo‘ldi.

“A” guruhi:

Rossiya
Yangi Zelandiya
Portugaliya
Meksika

“B” guruhi:

Afrika chemioni
Chili
Avstraliya
Germaniya

Ma’lumot uchun,  Konfederatsiyalar Kubogi 2017-yilning 17-iyunidan 2-iyuliga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozon shaharlarida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!