Koutino "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.
Kataloniyaliklar mersisaydliklarning 25 yoshli futbolchini 100 million evro evaziga qo‘yib yuborishlariga ishonishmoqda, transfer kelishuvi esa seshanba kuni imzlanishi kutilmoqda.
El Mundo Deportivo nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, Koutino “Barselona” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Oldinroq, “mersisaydliklar” futbolchi borasida “Barselona”ning 70 million va yana 10 millionlik bonus ko‘rinishidagi taklifini rad etgandi.

Fikrlar