La Liga 28-turi kutilmagan natija bilan boshlandi
Ispaniya chempionati 28-tur ilk o‘yinida "Las-Palmas" o‘z maydonida "Vilyarreal" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli va murosasiz bahsda "orolchilar" kichik hisobda zafar quchdi.
Uchrashuvdagi yagona golga 10-daqiqada Kevin-Prints Boateng mualliflik qildi. Mazkur g‘alabadan keyin "Las-Palmas" ochkolari hisobini 35 taga etkazib, hozircha 11-o‘ringa ko‘tarildi. "Vilyarreal" 48 ochko bilan 5-pog‘onada qolib ketdi.
Las-Palmas – Vilyarreal 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10 Boateng.
Las-Palmas – Lisoain, Simon, Lemos, Bigas, Kastelyano, Gomes, Mesa, Viera, Dominges (Xalilovich, 82), Boateng (Xese, 73), Garsiya (Momo, 59).
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Musakko, Ruis, Kosta, Trigeros, Soriano, Kastilexo (Alvaro Gonsales, 24), Soriano (Bakambu, 83), Dos Santos, Sansone (Borre, 67).
Ogohlantirishlar: Sansone (23), Viera (70), Lemos (74), Kosta (76), Lisoain (90).
Chetlatish: Ruis (19).
Fikrlar