La Liga. Messi “Barselona”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi, ammo jamoa 3-o‘ringa tushib ketdi
Ispaniya chempionati 17-turida “Barselona” safarda “Vilyarreal” mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning 49-daqiqasida Sansone hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Messi jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib, kataloniyaliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

"Barselona" mazkur o‘yindan keyin uchinchi o‘ringa pastladi.
Vilyarreal – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 49 Sansone, 1:1 – 90 Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Musakko (Alvaro Gonsales, 87), Ruis, Kosta, Dos Santos, Trigeros, Soriano, Soriano (Rodri Ernandes, 83), Sansone, Pato (Kastilexo, 76).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Maskerano, Din (Turon, 71), Andre Gomesh (Suares, 68), Buskets, Inesta, Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kosta (70), Serdji Roberto (78), Sansone (78), Pike (83).
Chetlatish: Kosta (90).

Fikrlar