
La liga. "Sevilya" ham "Real"ni to‘xtata olmadi
Biroz avval Madriddagi "Santyago Bernabeu" o‘yingohida La liganing 37-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Sevilya" jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Ta’kidlash kerakki, shu kuni misoli sherga aylangan Zidan shogirdlarini "Sevilya" ham to‘xtatib qolishni uddalay olmadi.
Madrid, «Santyago Bernabeu» stadioni.
«Real» - «Sevilya» - 4:1 (2:0)
Gollar: Nacho 10, Ronaldu 23, 79, Kroos 83. — Yovetich 49.
«Real»: Navas, Varan, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Asensio, Kovachich (Modrich 72), Xames (Kazemiro 61), Morata (Vaskes 61), Ronaldu.
Bosh murabbiy: Zinedin Zidan.
«Sevilya»: Riko, Langle, Merkado, Parexa (Montoyya 46), Karrisu, Vitolo, Kranevitter, Korrea (Gonsales 89), Nzonzi, Kron-Deli (Ben-Yedder 89), Yovetich.
Bosh murabbiy: Xorxe Sampaoli.
Ogohlantirishlar: Danilo 39, Morata 56, Merkado 69, Korrea 80, Nacho 80, Lukas 83.
Bosh hakam: Alberto Undiano Malenko.
Fikrlar