
Legionerlar. Xusniddin G‘ofurovning yagona goli evaziga "Yavor" g‘alaba qozondi (VIDEO)
Kuni kecha hamyurtimiz Xusniddin G‘ofurov to‘p surayotgan Serbiyaning "Yavor" klubi Superliga 16-turi doirasida o‘z maydonida "Radnik Surdulitsa" jamoasini qabul qildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Ahamiyatli jihati "Yavor"ning yagona goli uchrashuvning 10-daqiqasida hamyurtimiz, Xusniddin G‘ofurov tomonidan kiritilgan.
Quyida G‘ofurovning ajoyib golini tomosha qilishingiz mumkin:
...
Endi "Yavor" keyingi turni safarda "Novi Pazar" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa 16-turdan so‘ng musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar