
Legionerlarimiz. Geynrix 26 daqiqa o‘ynagan bahsda “Ordabasi” mag‘lubiyatga uchradi
Bugun Qozog‘iston Premer ligasida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib borayotgan “Ordabasi” klubi o‘z maydonida “Tobol”ga qarshi bahs olib bordi.
O‘yinda hisobni garchi mezbonlar ochgan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda “Tobol” ikkita to‘p kiritishning uddasidan chiqdi va safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 64-daqiqada zahiradan maydonga tushdi. Bu vaqtda esa mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishga ulgurgan edi.
Qozog‘iston Premer ligasi. 8-tur
“Ordabasi” – “Tobol” 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: Kovalchuk 45 (1:0), Jangylyshboy 63 (1:1), Despotovich 68 (1:2).
Fikrlar