
Legionerlarimiz. Ismoilov to‘p suradigan klub Skolari boshliq jamoaga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Xitoy Super ligasida 9-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov faoliyat olib boradigan “Changchun Yatay” jamoasi bu turda Xitoy futboli giganti “Guanjou Evergrand”ga qarshi bahs olib bordi.
Ismoilov 90 daqiqa harakat qilgan ushbu o‘yinda Luis Felipe Skolari boshliq “Guanjou Evergrand” safarda minimal hisobda raqibdan ustun keldi.
Xitoy Super ligasi. 9-tur
“Changchun Yatay” – “Guanjou Evergrand 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 61 Jang Linpeng.
Changchun Yatay – Vu Yake, Anzur Ismoilov, Pei Shuai(Cheng Changcheng 90), Odion Igalo, Sabolch Xusti, Sun Jie, Jinag Je, Xe Chao, Tan Long(Jou Dadi 84), Li Guang(Jang Li 59), Jang Xiaofei.
Guanjou Evergrand – Zeng Chen, Mei Fang(Liu Jian 46), Jang Linpeng, Fen Xiaoting, Alan(Jeng Long 90), Paulino, Jeng Ji, Rikardo Gulart, Yu Xanchao, Vang Jingbin(Xuang Boven 22), Li Xuepeng.
Ogohlantirishlar: Li Guang(38), Jang Linpeng(49), Jeng Ji(83).
Fikrlar