
Legionerlarimiz. Krimets nihoyat…
Bugun Xitoy Super ligasida 10-tur o‘yinlariga start berildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” klubi o‘z maydonida “Guangjou R&F” klubiga qarshi bahs yuritdi.
Anchagina gollarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda “Beyjing Guoan” so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi – 2:2. Biz uchun e’tiborli jihati Krimets ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Bundan oldin o‘tkazilgan 9 ta o‘yinda poytaxtliklar ustozi Xose Gonsales hamyurtimizni qaydnomaga ham kiritmay kelayotgan edi. Ispaniyalik mutaxassisga Krimetsning o‘yini manzur kelmadi shekilli, uni 58-daqiqada almashtirdi. Bu vaqtda “Beyjing Guoan” 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi.
Xitoy Super ligasi. 10-tur
Beyjing Guoan - Guangjou R&F 2:2(0:0, 2:2)
Gollar: 0:1 – 52 Zaxavi, 0:2 – 54 Xiao Ji, 1:2 – 68 Jang Chiming, 2:2 – 90+4 Song Boxuan .
Fikrlar