Liga-1. "Monako" va PSJ raqiblarini yirik hisobda engdi

  • 15 may, 2017, 08:05
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Shuningdek, kecha Frantsiya chempionatining 37-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Shu kuni musobaqa chempionligi uchun kurash olib borayotgan PSJ hamda "Monako" jamoalari ham maydonga tushishdi.

"Sent-Eten" klubi mehmoni bo‘lgan PSJ raqibini sezmay o‘tdi. Aniqrog‘i, parijliklar maydon egalari darvozasiga javobsiz 5ta to‘p yo‘llashdi. 

"Sent-Eten" – PSJ 0:5 (0:2, 0:3)

Gollar: 0:1 – 2 Kavani, 0:2 – 38 Lukas Moura, 0:3 – 72 Kavani, 0:4 – 78 Lukas Moura, 0:5 – 90 Draksler.

"Sent-Eten" – Ryuffe, Malkyui (Per-Gabriel, 80), Teofil-Katrin, Perren, Pogba, Veretu, Selnes, Amuma, Seve (Korne, 56), Monne-Pake, Berich (Toft-Soderlund, 69).

PSJ –    Trapp, Mene, Tiago Silva (Markinos, 46), Kimpembe, Maksvell, Verratti (Lo Chelso, 79), Rabo, Matyuidi, Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 79), Kavani, Draksler.

Ogohlantirishlar: Seve (27), Lo Chelso (85).

"Monako" esa o‘z maydonida "Lill" jamoasini qabul qildi. Ular ham raqiblariga hech qanday imkon qoldirishmadi. Yakuniy hisob 4:0. Bundan ko‘rinib turibdiki, Frantsiyada chempionlik masalasi so‘nggi turda hal bo‘ladi.

Monako – Lill 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 6 Falkao, 2:0 – 45 Bernardu Silva, 3:0 – 69 Falkao, 4:0 – 89, avtogol Alonso.

"Monako" – Subashich, Fabino, Glik, Jemerson, Sidibe, Bernardu Silva, Moutinyu (Karrilo, 90), Bakayoko, Lemar, Falkao (Jermen, 78), Mbappe (Mendi, 83).

"Lill" –    Menyan, Korshya, Beria, Alonso, Kone, Amadu (Bissuma, 70), Mavuba, Kishna (de Previl, 64), Benziya (Baluli, 70), Sliti, Eder.

Ogohlantirishlar: Jemerson (48), Sliti (51), Mavuba (58).

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!