"Liverpul" Starrijni Parijga jo‘natmadi

  • 1 mart, 2017, 08:52
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrij faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga yaqin kelgandi. Qishki transferlar mavsumida PSJ angliyalik hujumchini ijaraga olishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Biroq, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp qishda o‘z futbolchilari bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqishni istamadi va Starrij masalasini yozda hal bo‘lishini ma’lum qildi.

"Liverpul"da eng katta maosh olayotgan futbolchilardan biri bo‘lgan Starrij asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. Bu hujumchi joriy mavsumda APLda 14 marotaba maydonga tushdi va bir juft gol urdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!