“Liverpul” Virjil van Deyk uchun 60 mln evro sarflashga tayyor
“Sautgempton” jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk o‘z faoliyatini “Liverpul” klubida davom ettirishga yaqin turibdi.
“Avliyolar” rahbariyati 25 yoshli gollandiyalik futbolchini sotish niyati yo‘q, ammo “Liverpul” himoyachi uchun naqd 60 million evro taklif etmoqda. Bu taklifdan voz kechish oson bo‘lmaydi.
Van Deyk mersisaydliklar safiga qo‘shilsa, haftasiga 200 ming evro maosh olishi ko‘zda tutilgan. Futbolchining o‘zi “Liverpul”ga o‘tishga qarshilik qilmayapti.
Qayd etish kerakki, Virjil van Deyk xizmatlariga “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Vest Xem” kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar