
“Lokomotiv” 23 futbolchi bilan Dubayga yo‘l oldi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Lokomotiv” bugun ertalab BAAning eng chiroyli shaharlaridan biri Dubay sari uchib ketdi. Jamoa u erda 21 yanvarga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yig‘in davomida ikkita o‘rtoliq uchrashuvi tashkil qilish ko‘zda tutilgan va bu haqda keyinroq to‘liq ma’lumot beramiz. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev xorij yig‘iniga 23 futbolchini olib ketishni ma’qul ko‘rdi.
Ular orasida "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan to‘rt nafar yangi o‘yinchi ham bor: Shuhrat Muhammadiev, Diyor Turopov hamda kot-d'ivuarlik legionerlar Moxamed Kone bilan Gnoxere Krizo.
“Lokomotiv”ning Dubayga ketgan tarkibi:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov
Ma’mur Ikromov
Rustam Nartajiev
Himoyachilar:
Islom To‘xtaxo‘jaev
Sherzod Fayziev
Salim Mustafoev
Oleg Zoteev
Bobur Yo‘ldoshev
Kaxi Maxaradze (Gruziya)
Farrux Ibrohimov
Mohamed Kone (Kot-D'Ivuar)
Yarim himoyachilar:
Timur Kapadze
Server Jeparov
Sardor Mirzaev
Ikrom Aliboev
Quvondiq Ro‘ziev
Diyor Turopov
Shuhrat Muhammadiev
Sanjar Shoahmedov
Hujumchilar:
Temurxo‘ja Abduxoliqov
Marat Bikmaev
Timur Usmonov
Gnoxere Krizo (Kot-D'Ivuar)
Fikrlar