Londondan qaytgan paralimpiyachilarimizToshkent Xalqaro aeroportida qanday kutib olingani haqida fotoreportaj

CHERY AUTO

Bugun ertalab Buyuk Britaniyaning London shahrida engil atletika bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etgan mamlakatimiz sportchilari tantanali ravishda kutib olindi.

Tecno

 Nufuzli musobaqaning disk otish bahslarida tajribali sportchimiz Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U yadro uloqtirish bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 14,87 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. 
Chempionatning uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Soliev 7,18 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 
Erkaklar o‘rtasidagi nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Aleksandr Svechnikov 71,01 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nozima Qayumova kumush medal bilan taqdirlandi. 
Xotin-qizlar o‘rtasidagi yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan yana bir atletimiz Sofiya Burhonova 14,76 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. U disk otish bahslarida ham o‘z mahoratini namoyish etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 


 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!