MOQ prezidenti "Buxoro" futbol klubi bazasiga tashrif buyurdi

  • 3 yanvar, 2019, 16:34
  • 0
  • Futbol

Bungacha Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, nufuzli musobaqalarda sovrindor bo‘lgan sportchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etganligi haqida xabar qilgandik.

Bazaga tashrif davomida Umid Ahmadjonovga MOQ vitse-prezidenti Komil Ro‘ziev, O‘FA vitse-prezidenti Shoikrom Isroilov, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, «Buxoro» jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamrohlik qildi. Bosh murabbiy MOQ rahbarini klub bazasi bilan tanishtirdi, jamoaning yangi mavsumga ko‘rayotgan tayyorgarligi haqida gapirib berdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov tarkibda yoshlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi, bu borada Olimpiya terma jamoasi murabbiyi bilan yaqindan hamkorlik qilish lozimligi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Tashrif davomida yosh futbolchilarga esdalik uchun to‘plar sovg‘a qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!