MTJning uch nafar asosiy tarkib a’zosi Eron bilan o‘ynamaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va Eronga qarshi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 8-tur o‘yinlariga 28 futbolchini jalb qilgani xabar berilgandi.
O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov (“Qo‘qon-1912”) klub mashg‘ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.


Qayd etish kerakki, Vitaliy Denisov Qatarga qarshi JCh–2018 turniri 7-turida ham maydonga tusha olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar