“MYu” himoyachisiga 4ta jamoadan taklif bor

  • 5 dekabr, 2016, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi vingeri Eshli Yang tez orada mankuanliklar safini tark etishi mumkin. ESPN nashrining xabariga ko‘ra, 31 yoshli angliyalik futbolchi faoliyatini davom ettirishi uchun bir nechta takliflar mavjud.

Hususan, Yangning hizmatlariga "Everton", "Vest Bromvich", "Uotford" va "Suonsi" kabi premer-liganing boshqa jamoalari jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq, futbolchi qaysi jamoaga o‘tishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, Yang ushbu mavsum “MYu” safida barcha musobaqalarda jami 7ta uchrashuvda maydonga tushgan holos. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!