"MYu" yulduzlari minayotgan mashinalar muxlislarni hayratga solmoqda

  • 4 yanvar, 2017, 07:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Manchester Yunayted"ning superfutbolchilari minayotgan mashinalarga qarab ularning dunyoqarashi, didi, hayot va hashamatga munosabatini bilsa bo‘ladi. Yillik maoshi million funtdan nariga o‘tib ketgan badavlat odamlarning qimmatbaho mashinalarga o‘chligi hammaga ma’lum.  "Manchester Yunayted" futbolchilari orasida ham serhasham mashinalarni yoqtiradiganlari talaygina. Lekin jahon darajasidagi ayrim yulduzlar oddiy mashinalarni tanlagani muxlislarni hayratga solmoqda.
 
Ana endi "Manchester Yunayted" futbolchilari mashg‘ulotlatga qanday ulovda kelishi bilan tanishib chiqamiz.
 
Maydondagi tezkor harakatlari bilan ingliz muxlislarini ko‘nglini olgan Genrix Mxitaryan qaysar murabbiy Joze Mourinoning mashg‘ulotlariga kech qolmaslik uchun o‘ta tezkor "Lamborghini"da keladi.
 
 
Haftasiga 220 ming funt topayotgan Zlatan Ibrohimovich esa oddiy va o‘ta ishonchli, narxi futbolchining qariyb bir kunlik maoshi teng - 32 ming funt turadigan "Volvo" mashinasida yuradi.
 
 
Mateo Darmian ham hashamatga yo‘qroq. U 30 ming funtga baholanayotgan "Jeep Wrangler" yo‘ltanlamasida yurishni xush ko‘radi.
 
 
"Manchester Yunayted"da ishlari yurishmayotgan Bastian Shvaynshtayger mashg‘ulotlarga oddiygina "Mini cooper"ni minib keladi.
 
 
Jamoaning zaxiradagi posboni Serxio Romero esa eng arzon va eng oddiy mashina - "Fiat 500" sohibi.
 
 
Fil Jons mashinalar borasida kamtarlik qilib o‘tirmaydi. Tajribali himoyachi o‘ylab o‘tirmay eng qimmat baho mashinalardan biri - "Bentley"ni sotib olgan.
 
 
Keyingi yillarda tezligi sezilarli darajada pasaygan jamoa sardori Ueyn Runi bu kamchilikni bartaraf etish uchun eng tezkor mashinalardan hisoblangan "BMW i8" rusumli avtoulovda yurishni yo‘lga qo‘ygan.
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!