Mag‘lubiyatlardan boshi chiqmayotgan Ronda Rouzining ketish vaqti keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha taniqli murabbiylardan biri Freddi Rouch UFC sobiq chempioni Ronda Rouzining Amanda Nunesga qarshi kechgan jangi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Nunes Rouzini birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratgan edi. Bu uning ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Hozir u kuchsiz ekanligini hamma biladi. Agar shunday seni yo‘ldan olib tashlasa, qachondir qaytishing mumkin yoki yo‘q. Barchasi odamning o‘ziga bog‘liq. So‘nggi jangda barchasi ayon bo‘ldi. U birinchi zarbadayoq tutilib qoldi. Keyin u 48 soniya qochib yurdi. Uning onasi so‘zlarida jon bor. Ronda ketish kerak, – deydi Rouch.

Eslatib o‘tamiz, Rouzi bundan oldingi jangda Xolli Xolmga qarshi ringga chiqib, og‘ir nokautga uchragan va chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!