Mahmud Muradov: Bizga Van Damm emas, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi kerak

BEPUL PROPAN

Ma’lumki, 9 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadioni penchak silat bo‘yicha o‘zbek sportchilari ishtirokida janglar kechasi tashkil qilinadi. Ushbu janglarda 9 nafar jangchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Oldinroq ushbu shouda jahon kino yulduzi Jan Klod Van Dam va yakkakurash sport turlari ustasi Jek Monson mehmon bo‘lishi kutilgan edi. Biroq yaqindagina og‘ir betob bo‘lganligi sababli Van Dam kela olmasligini ma’lum qilgan va tashkilotchilar ular bilan shartnomani bekor qilgan.

Bugun o‘tkazilgan shoshilinch matbuot anjumanida 9 sentyabr kuni olti burchakli ringda jang o‘tkazadigan sportchilarimizdan Mahmud Muradov va Muhammadali Toshturg‘unov ishtirok etishdi.

Men o‘z vatanimda, muxlislar oldida ringga chiqayotganimdan juda xursandman. Shou birinchi marta tashkil qilinmoqda. Bu jangni muxlislar xohlagandek o‘tkazaman deb o‘ylayman. Tayyorgarliklar yaxshi bo‘ldi. Bu bir necha bosqichda bo‘lib, Evropaning Chexiya, Slovakiya, Polsha kabi davlatlarida o‘tdi. So‘nggi bosqich esa jonajon O‘zbekistonda tashkil qilindi.

To‘g‘ri, shouga taklif etilgan Jan Klod Van Dammning kela olmasligi yaqinda ma’lum bo‘libdi. Men ushbu shouga takshrif buyuradiganlar uning uchun emas, balki o‘sha kuni ringga chiqadigan 9 nafar sportchimizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishiga umid qilaman va barchani ushbu shouga taklif qilaman, – deydi Mahmud Muradov.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud mazkur janglar kechasida 86 kg vazn toifasida ozarbayjonlik Ziya Mirzaev bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!