Mahmud Murodov dekabrda XFN turniridagi so‘ngi jangini o‘tkazadi (foto)

CHERY AUTO

Aralash yakkakurash janglarida (MMA) faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Muradov (13-6, KO6) Chexiya poytaxti Pragadagi "O2 Arena"da o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 7 dekabrga mo‘ljallangan mazkur jangda unga mezbon sportchi Karlos Vemolu raqiblik qilishi kutilmoqda. Mazkur jang uning XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha so‘ngi jangi hisoblanadi.

Tecno

Shu vaqtga qadar XFN turnirida 3 ta jang o‘tkazgan va ulardan 2 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, o‘tgan yili dekabrda David Ramiresga jarohati sababli imkoniyatni boy bergan. Joriy yilning iyun oyida ushbu musobaqa chempionligi uchun bo‘lgan jangda xorvatiyalik Zoran Dodni mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Ayni damda Mahmud Murodov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha vaqtinchalik chempion hisoblanadi. U endilikda boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan The Money Team (TMT) klubida jang olib boradi.

Ma’lumot uchun: X Fight Nights MMAning yangi, professional va o‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan ligasi hisoblanadi. XFN arenalarida jahon darajasidagi eng yaxshi jangchilar o‘zaro to‘qnash keladilar. XFN sportda endi porlayotgan yulduzlar ajoyib imkoniyat hamdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!