
"Manchester Siti" - "Bornmut" uchrashuvida Jezus va Uilshir jarohat oldi
Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 25-turi yakunlandi. Turni "Bornmut" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlab berdi.
Har ikkalar jamoa uchun muhim bo‘lgan o‘yinda “shaharliklar”ning qo‘li baland keldi. Dastlab 29-daqiqada Rahim Sterling hisobni ochgan bo‘lsa, Mingz 69-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Yakuniy hisob 0:2.
E’tiborlisi, uchrashuvda har ikkala jamoaning etakchi futbolchilari jarohat olib maydonni tark etishdi. Dastlab Gabriel Jezus 15-daqiqada almashtirilgan bo‘lsa, taym so‘nggida maydon egalari a’zosi Jek Uilsher ham maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.
Hozircha yuqoridagi futbolchilarnin sog‘ligi haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Fikrlar