Marez "Barselona"da o‘ynashni hoxlayapti
Angliyaning “Lester” klubi yarim himoyachisi Riyod Marez faoliyatini Ispaniyada davom ettirmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra 26 yoshli jazoirlik futbolchi bu haqda “tulkilar” rahbariyatini ogohlantirgan. U o‘ziga nisbatan jiddiy qiziqish bildirayotgan “Barselona” safida o‘ynamoqchi. Ta’kidlash kerakki, Marezni “Chelsi” va “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Biroq, u kataloniyaliklar tomonidan rasmiy taklif bo‘lishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Lester” futbolchisini 40 mln funtdan (46 mln evro) kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Marez o‘tgan mavsum APLda jami 36ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
"Monako", PSJ va "Arsenal" Marez uchun kurash olib borishmoqda
"Monako" Marezni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, "Lester" esa 40 mln so‘ramoqda

Fikrlar