Menni Pakyao sensatsion tarzda chempionlikni boy berdi

  • 2 iyul, 2017, 10:46
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO
 

Professional boks yulduzi Menni Pakyao Avstraliyaning Brisben shahrida mezbon bokschi Jeff Xornga qarshi o‘tkazilgan chempionlik jangida sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu 12 raundlik jang sovriniga Menni Pakyaoning WBO yo‘nalishi bo‘yicha chempionalik kamari qo‘yilgan edi. Oxiriga davom etgan janga Jeff Xorn ochkolar hisobida zafar quchdi.

Aslida ko‘pchilik jangdan oldin filippinlik senatorning imkoniyatini yuqori baholab, Xorn yosh va taniqli emasligi ta’kidlangandi. Endi avstraliyalik yigitni hamma taniydigan bo‘ldi. U Pakyaoning kamarini tortib oldi. 

Menni Pakyao 68-jangida ettinchi mag‘lubiyatini tan oldi. Qolgan janglarda ikki marta durang qilgan va boshqalarida zafar quchgan. Jeff Xorn esa 17 g‘alabasini nishonladi va hisobida bitta durang ham bor.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!