Menni Pakyaoning o‘g‘li boksdagi ilk jangini o‘tkazdi

  • 11 fevral, 2019, 16:28
  • 0
  • Boks

Yarim o‘rta vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari sohibi filippinlik Menni Pakyaoning o‘g‘li Emmanuel Pakyao o‘zining ilk boks jangini o‘tkazdi.

18 yoshli sportchi Alabang shahrida oila a’zolari va raqib bokschi Lukas Karson do‘stlari oldida o‘rtoqlik jangida ishtirok etdi.

Poedinok atigi 2 raund davom etdi. Eng qizig‘i bu jangda g‘olib aniqlanmadi. Emmanuel Pakyao mashhur boks murabbiyi Freddi Rouchning Los-Anjelesdagi klubida tayyorgarlik ko‘rgan. Shuningdek, Emmanuel hozircha professional boks bilan shug‘ullanish-shug‘ullanmaslik borasida bir qarorga kelmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!