Messi, Ronaldu va Runi hech kimning qo‘lidan kelmaydigan rekord o‘rnatishdi

  • 25 yanvar, 2017, 00:02
  • 0
  • Futbol
 

Ayni paytda futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan dunyodagi faqat uch futbolchi - Lionel Messi ("Barselona" va Argentina terma jamoasi), Krishtianu Ronaldu ("Real" va Portugaliya terma jamoasi) hamda Ueyn Runi ("Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi) o‘z klublari va mamlakatlari terma jamoalarining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Bugungi kunda "Barselona" muvaffaqiyatlarida katta rol o‘ynayotgan Lionel Messi kataloniyaliklar tarkibida 481 ta, Argentina terma jamoasi safida 57 ta gol bilan rekordchiga aylangan.

Evropa chempioni va "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronaldu esa "Real" uchun 382 ta, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi sifatida 68 ta gol muallifi bo‘lgan.

Yaqindagi "Manchester Yunayted" tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylangan Ueyn Runi yuqoridagi ikki to‘purar qatoriga qo‘shildi. "Manchester Yunayted" raqiblari darvozasini 250 marta aniq nishonga olgan Runi Angliya terma jamoasida ham eng ko‘p - 53 ta gol urgan.

Engi muhimi shundaki, uchala futbolchi bu ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilab, to‘purarlik rekordlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!