
Messi: "Barselona" haydamaguncha hech qayoqqa ketmayman
Kataloniyaning “Barselona” klubi etakchisi Lionel Messi jamoa almashtiish uning rejalariga kirmasligini ta’kidlab o‘tdi. Aniqrog‘i, futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga quyidagicha javob berdi:
“APL? Barchasini menga “Barselona” berdi, men buni har doim ta’kidlab kelganman. “Barselona” qancha vaqt o‘ynashimni istasa, men shuncha vaqt o‘ynashga tayyorman”, - deydi Messi Coach nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq, kataloniyaliklar raxbariyati Leoga shu oy ichi yangi shartnoma taklif qilishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar