
Messi "Levante"dan uchralgan mag‘lubiyatda 3ta futbolchini aybdor sanamoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha La Liganing 37-turida "Levante"dan (5:4) uchralgan mag‘lubiyat sababchilarini aniqladi.
Bir qator ispan nashrlarining yozishicha argentinalik futbolchi ushbu bahsda himoyachilar Yerri Mina va Nelson Semedu, shuningdek yarim himoyachi Usmon Dembelelarning ko‘rsatgan o‘yinlaridan norozi bo‘lmoqda. Qayd etish lozimki, ushbu mag‘lubiyat “ko‘k-anor ranglilar” uchun joriy mavsum chempionatdagi dastlabkisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Mina “Barselona” safiga qishki transferlar davrida kelib qo‘shilgan bo‘lsa, Semedu va Dembele kataloniyaliklar bilan o‘tgan yoz shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar