Messi "Real" darvozasini ishg‘ol etib nimalarga erishdi?

  • 24 aprel, 2017, 08:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida Ispaniya La ligasining 33-turidan o‘rin olgan markaziy bahs o‘z nihoyasiga etdi. Muxlislar ushbu turda orziqib kutilgan "El-Klasiko"ni guvohi bo‘lishdi.

Tecno

Gollarga boy kechgan uchrashuvda "Barselona" Lionel Messining dubli va Ivan Rakitichning goli evaziga "Real"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Chempionlik taqdirini hal qiluvchi ushbu bahsdan so‘ng La ligaga yana intriga qaytdi.

Ta’kidlash kerakki, argentinalik futbolchi o‘z goli bilan nafaqat "Barselona"ga g‘alaba olib keldi, balki bu uning "ko‘k-anor ranglilar" safidagi 500-goli bo‘lib tarixga kirdi. Bundan tashqari Messi Ispaniya chempionati doirasida "qirollik klubi"ga qarshi o‘tgan barcha uchrashuvlardagi eng yaxshi to‘purar degan sharafli nomga ham sazovar bo‘ldi.

“Real” – “Barselona” uchrashuvidan fotogalereya

Yaralangan qahramon: Messi “Real”dan g‘alabani tortib oldi (Video)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!