Meyvezer – Makgregor jangi translyatsiyasi narxlari ma’lum qilindi
Showtime Floyd Meyvezer – Konor Makgregor jangini o‘rtacha sifatda ko‘rish 89,95 dollar va HD sifatlisida tomosha qilishni 99,95 dollar etib belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday narx Floyd Meyvezer – Menni Pakyao qarama-qarshiligida ham kuzatilgan etilgan edi. Ushanda tashkilotchilar sotilgan teletranslyatsiyalar (4,6 mln) bo‘yicha rekord o‘rnatib, umumiy hisobda 600 mln dollar daromad qilgan edi.
Boks qoidalariga asosan o‘tkaziladigan afsonaviy Floyd Meyvezer (49-0, 26 KO) va MMA jangchisi Konor Makgregor (21-3) o‘rtasida to‘qnashuv 14 iyun kuni e’lon qilingan va 26 avgust kuni Las-Vegasda (Nevada, AQSh) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar