Meyvezer – Makgregor to‘qnashuvi oldidan super janglar tashkil etiladi
UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik bokschi Floyd Meyvezer o‘rtasidagi to‘qnashuvga ham ko‘p qolmadi. Bu ikki sportchi 26 avgust kuni Las-Vegasda o‘zaro hisob-kitob qilib olishadi.
Mazkur jang kechasida shuningdek, IBF versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Jervont Devis ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning bu qarama-qarshilikdagi raqibi puertorikalik Roman Martines bo‘ladi.
Bundan tashqari sobiq jahon chempionlari amerikalik Shon Porter va shvetsiyalik Badu Jek ham ringda ko‘tarilishadi. Porter bu jangda puertorikalik bokschi Tomas Dulorm sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar