"Milan" 20 yoshli futbolchi uchun 28 million sarfladi
“Atalanta” klubi yarim himoyachisi Frank Kessi faoliyatini “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sport Italia jurnaliyati Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “rossonerrilar” 20 yoshli futbolchi uchun bonuslardan tashqari 28 million evro to‘lashga rozi bo‘lishgan. Shuningdek, Kessining o‘zi bilan 5 yillik kelishuvga imzo chekishgan.
Qayd etish joiz, Kot D’Iuvarterma jamoasi futbolchisiga “Milan”dan tashqari, "Chelsi", "Everton" va “Roma” klubi ham qiziqish bildirgandi.

Fikrlar