“Milan” futbolchisi “Spartak” a’zosiga aylandi
Moskvaning “Spartak” jamoasi braziliyalik hujumchi Luis Adriano bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi mavsumni “Milan” safida o‘tkazgan futbolchi Moskva klubi bilan uzoq muddatli bitimga qo‘l qo‘ydi. U yangi jamoasida 12-raqam ostida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Luis Adriano “Milan” safiga 2015 yilda Donetskning “Shaxtyor” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “rossonerilar” tarkibida jami 36ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. O‘z navbatida braziliyalik futbolchi “konchilar” safida 266ta uchrashuvda maydonga tushgan va 128ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar