Milliy terma jamoa Eron safari oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi

  • 16 may, 2018, 18:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi “Ozodiy” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi xaqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchilardan tashkil topgan milliy terma jamoamiz bugun 16 may kuni Eronga jo‘nab ketishdan oldin Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarayotgan Temur Kapadze boshchiligida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlarda to‘liq tarkib bilan qatnashayotgan futbolchilarimiz asosan uchrashuvda qo‘llaniladigan taktika va ayrim standartlar bo‘yicha mashqlar olib borishdi. Eronga etib borgandan so‘ng terma jamoamiz vakillari murabbiylar boshchiligida nazariy mashg‘ulotlarga kirishadilar.

“Paxtakor” stadionidagi mashg‘ulotlar nihoyasiga etgach, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati futbolchilar bilan suhbatlashib safar odidan ularga muvaffaqiyat tilashdi.

Milliy terma jamoamiz bugun tunda Toshkent xalqaro aeroportidan Eronga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!